"Zardeks" 300 mg dori vositasining qalbakilashtirilganligi aniqlandi
O‘tgan haftada Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hamda Toshkent, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbilarda olingan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazildi.
Tahlillar natijalariga ko‘ra, 292 turdagi 1811 o‘ram jumladan:
80 turdagi 564 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan;
196 turdagi 1136 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;
15 turdagi 96 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan, shuningdek, bir necha marta qalbakilashtirilganligi aniqlangan "Zardeks" 300 mg kapsula (15 o‘ram) - farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berildi.
Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Postmarketing nazorati boshqarmasi